» » “O‘zekspomarkaz”da 10—12-may kunlari innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkaziladi

“O‘zekspomarkaz”da 10—12-may kunlari innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkaziladi


“O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida 10—12-may kunlari X Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etish uchun sharoitlar yaratish, korxonalarning innovatsion faolligini oshirish, yuqori texnologiyalar milliy bozorining shakllanishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilayotgan X Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida innovatsion ishlanmalar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha namoyish etiladi.

“Sanoat” yo‘nalishi bo‘yicha jami 128 ta ishlanma, jumladan, nef-tgaz, kimyo, tog‘-kon sanoati, paxtani qayta ishlash tarmog‘i hamda tadbirkorlar va kichik biznes uchun taqdim etiladi.

“Axborot texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha respublika oliy o‘quv yurtlari hamda axborot texnologiyalari markazlari tomonidan keng doiradagi iste’molchilar uchun 75 ta yangi ishlanma va dasturiy mahsulot namoyishi o‘tkaziladi.

“Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika” yo‘nalishi bo‘yicha kasalliklarni davolashning yangi usullari va zamonaviy texnologiyalari, keksa yoshdagi aholi, shuningdek, onalar va bolalar sog‘ligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan yangi yondashuvlar aks etgan 66 ta ishlanma taqdim etiladi.

“Qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishi bo‘yicha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qayta ishlash tarmog‘i, oziq-ovqat sanoati korxonalari hamda fermer xo‘jaliklari e’tiboriga 87 ta yangi ishlanma namoyish qilinadi. Davlat ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari doirasida ishlab chiqilgan va tayyorlangan 20 ga yaqin qishloq xo‘jalik texnikasi va uskunasini namoyish etish rejalashtirilmoqda.

“Fan va ta’lim” yo‘nalishi stendlarida ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash sohasida keyingi yillarda erishilgan yutuqlar, horijiy tillarni o‘rgatishga doir yangi dasturlar, darsliklar va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qamrab olgan 12 ta ishlanma taqdim etiladi.

“Joriy qilingan innovatsion ishlanmalar” yo‘nalishi tashkil qilindi. Ushbu yo‘nalishda ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarda ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida seriyali ishlab chiqarilayotgan 62 ta mahsulot namoyish etiladi.

X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida yosh olimlar, tadqiqotchilar, talabalarning o‘z ilmiy va amaliy ishlanmalarini namoyish etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Xususan, yarmarkada yosh olim va talabalarning 100 ta ishlanmasi taqdimoti o‘tkaziladi. Umuman olganda, yarmarkada 500 dan ortiq ilg‘or g‘oyalar va ishlanmalar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Yarmarka doirasida III Toshkent xalqaro innovatsion forumi bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-05-2017, 18:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 10) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют