» » Toshkentda LG X Power smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda LG X Power smartfoni sotuvga chiqdi


LG Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda sotilayotgan telefonlari assortimentini LG X Power modeli bilan boyitdi, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Yangili smartfonning asosiy jihati — 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega ekanligidir. Telefonning qalinligi esa 7,9 millimetrni tashkil etadi. Shuningdek, u tez quvvat olish tizimiga va boshqa mobil qurilmalarni quvvatlantirish xususiyatiga ega.

LG X Power smartfoni 5,3 dyuymli va HD 1280×720 pikselli displey bilan jihozlangan, asosiy kamerasining ajrata olishi 13 megapiksel, frontal kameraniki esa 5 megapikselga teng.

Qurilmaning asosi to‘rt yadroli MediaTek MT6735 protsessori, 2 gigabayt tezkor va 128 gigabaytgacha kengaya oladigan 16 gigabaytli ichki xotiradan (+microSD) iborat. Bundan tashqari smartfonga ikkita SIM-karta ketadi va LTE tarmog‘ida ishlaydi.

Qurilma Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют