» » Putin va Erdo‘g‘on Suriyada xavfsizlik zonalarini yaratish bo‘yicha kelishib oldi

Putin va Erdo‘g‘on Suriyada xavfsizlik zonalarini yaratish bo‘yicha kelishib oldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra Suriya hududida xavfsizlik zonalari yaratish bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Putinning so‘zlariga qaraganda, Erdo‘g‘on Suriya inqirozini faqat siyosiy yo‘llar bilan hal etish mumkinligini alohida qayd qilib o‘tgan.

“Ammo siyosiy jarayon rivojlanishi uchun o‘t ochilishining to‘xtashini ta’minlash lozim”, — qo‘shimcha qildi Rossiya rahbari.

Putin, shuningdek, Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada harbiy harakatlar to‘qnashuviga eng katta hissa qo‘shgan davlatlar sifatida o‘z vaqtida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish borasida ko‘p o‘ylaganini eslatib o‘tdi.

“O‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash yo‘llaridan biri xavfsizlik va deeskalatsiya zonalarini tashkil etishdir”, — xulosa qildi Putin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют