» » AQShda mashina olomon ustiga haydashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

AQShda mashina olomon ustiga haydashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi


AQShning Massachusets shtatida, Billerike shahrida Jeep Cherokee mashinasining avtomobil auksioni chog‘ida olomon ustiga haydashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi. Bu haqda, CBC’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Voqea mahalliy Lynnway auksionini o‘tkazish chog‘ida ro‘y berdi. Jeep bino eshigi yonida devorga urildi.

Politsiyaning taxminicha, voqea baxtsiz hodisadir. Huquq-tartibot organlari vakillari ayni paytda voqeani terakt deyishga asos yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.

Jurnalistlarning bildirishicha, mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Auksion xodimlarining CBC’ga hikoya qilib berishicha, ishchilardan biri mashina ruliga o‘tirib, uni olib qo‘yayotganida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Haydovchi keksa inson bo‘lgani aytilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют