» » Sukerberg Facebook orqali qotilliklarning translyatsiya qilinishiga qarshi qanday kurashmoqchiligini aytib berdi

Sukerberg Facebook orqali qotilliklarning translyatsiya qilinishiga qarshi qanday kurashmoqchiligini aytib berdi


Facebook asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzuvchi kontentga qarshi kurash rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab qo‘shimcha ravishda 3 ming kishini yollab, ularning yordamida foydalanuvchilardan kelib tushayotgan shikoyatlarni tezkor kuzatib boradi, deb xabar beradi “RBK”.

Hozir buning ustida 4,5 ming kishi ishlamoqda. Shtatni kengaytirish yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq postinglar ustidan shikoyat qilish mexanizmini soddalashtiradi.

Shu yo‘l bilan Mark Sukerberg Facebook orqali qotilliklar va xudkushliklar videolari translyatsiya qilinishi bilan bog‘liq voqealarga qarshi chora ko‘rilishini bildirdi. Aprel oyining o‘rtalarida foydalanuvchi Stiv Stivens o‘z sahifasida Ogayo shtatining Klivlend shahrida keksa o‘tkinchining o‘ldirilishi aks etgan videolavha joylashtirgan edi. Keyinchalik qotil o‘zini ham o‘ldirdi. Ko‘pchilik ushbu video bir necha soat davomida tarmoqda qolgani uchun Facebook’ni tanqid ostiga olgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют