» » Microsoft yangi Windows’da standart brauzerni almashtirishni taqiqladi

Microsoft yangi Windows’da standart brauzerni almashtirishni taqiqladi


Yangi Windows 10 S operatsion tizimida boshidan o‘rnatilgan brauzerni almashtirishning imkoniyati bo‘lmaydi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foydalanuvchi Windows Store rasmiy onlayn do‘konidan boshqa brauzer ko‘chirib, o‘rnatishi mumkin bo‘ladi, ammo ko‘chirilgan fayllar va havolalar faqat standart sifatida belgilangan Microsoft Edge’da ochiladi.

Bundan tashqari, o‘rnatilgan qidiruv tizimini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Edge va Internet Explorer uchun standart qidiruv tizimi esa Bing bo‘ladi. Dasturlar do‘konida boshqa qidiruv tizimlari taqdim etilmagan.

Microsoft Windows operatsion tizimining yangi versiyasini 2-may kuni taqdim etdi. Windows 10 S — Windows 10 ning yengillashtirilgan versiyasi bo‘lib, asosan maktab o‘quvchilari va talabalarga mo‘ljallangan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют