» » Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun 100 milliard yevro to‘lashdan bosh tortdi

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun 100 milliard yevro to‘lashdan bosh tortdi


Buyuk Britaniya Brexit uchun 100 milliard yevro to‘lamaydi. Bu haqda 3-may, chorshanba kuni qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha vaziri Devid Devis ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

“Biz o‘zimizning huquq va majburiyatlarimiz qanday ekanligini batafsil muhokama qilib olishimiz kerak”, — dedi vazir. Shuningdek, Devis Britaniya hukumati Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha qancha mablag‘ to‘lashi kerakli borasida Bryusseldan ma’lumot olmaganini ta’kidladi.

The Financial Times’ning yozishicha, Fransiya va Germaniya Britaniyadan 100 milliard to‘lashni talab qilmoqda. Shu bilan birga Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Londondan 50 milliard funt sterling, Avstriya kansleri Kristian Kern esa 60 milliard talab qilmoqda.

Buyuk Britaniya esa uch milliardan ortiq bo‘lmagan mablag‘ni to‘lashga tayyor.

28-mart kuni Britaniya bosh vaziri Tereza Mey rasman Brexit jarayoni boshlangani haqidagi tegishli maktubini imzolagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют