» » Foto: Amerikalik harbiy fotosuratchi o‘z o‘limidan bir soniya avval olgan portlash surati

Foto: Amerikalik harbiy fotosuratchi o‘z o‘limidan bir soniya avval olgan portlash surati


Amerika armiyasining Military Review jurnali harbiy fotosuratchi Xilda Kleyton o‘z o‘limidan bir lahza oldin olgan portlash suratlarini chop etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kleyton 2013-yil iyulida Afg‘onistonda halok bo‘lgan. U kameraga olayotgan o‘quv mashqlari chog‘ida kutilmaganda minomyot stvoli portlab ketgan. Natijada besh kishi, shu jumladan, to‘rt nafar afg‘onistonlik askar halok bo‘lgan, ulardan biri ham harbiy fotosuratchi bo‘lgan.

Military Review Kleytonning afg‘onistonlik hamkasbi tomonidan olingan portlash suratini ham e’lon qildi.

Suratlar fojiadan qariyb to‘rt yil o‘tganidan so‘nggina e’lon qilindi. Nashr ta’kidlashicha, “harbiy mashg‘ulotlar va janglar chog‘ida ham ayollar, ham erkaklar duch keladigan xavflarni” ko‘rsatib berish maqsadida suratlarni chop etishga qaror qilishgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют