» » Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo‘lish xayolimga ham kelmagandi

Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo‘lish xayolimga ham kelmagandi


“Xazonrezgi” filmidagi roli uchun Qirg‘izistonda “Ak ilbirs” mukofotini qo‘lga kiritgan aktrisa Feruza Saidova va shu film rejissori Zulfiqor Musoqov bilan “Darakchi.uz” kichik intervyu uyushtirdi.

— Feruza opa, avvalo mukofot bilan tabriklaymiz! Uchta nominatsiya orasidan aynan qay biri g‘olib bo‘ladi, deb o‘ylagandingiz?

— “Ak ilbirs” milliy mukofotiga taklif qilishganida, shunchaki mehmon sifatida chaqirilganmiz, deb o‘ylagandim. Men uchun mukofotlanishim kutilmagan hodisa bo‘ldi. Chunki uchta nominatsiyadan “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi” nominatsiyasida g‘oliblik nasib qiladi, degan xayolda edim. Ochig‘i, haligacha anglolmayapman (kuladi). Tabriklar qurshovida qoldim, bunga ham avvaldan tayyor bo‘lish kerak ekan.

— Rejissyor Zulfiqor Musoqovning ishtirok etolmaganidan afsuslangandirsiz-a?

— Albatta! Sog‘ligi sabab borolmadi. Taqdirlash marosimidagilar buni to‘g‘ri tushunishdi va ezgu tilaklarni yetkazib qo‘yishimizni so‘rashdi.

— Zulfiqor aka, mehnatingiz samarasi bilan muborakbod etamiz! Taqdirlash marosimida nima sabab qatnasholmadingiz?

— Rahmat! Mukofot nasib qilganidan quvondim, albatta. Qatnashishni juda istagandim, biroq samolyotda uchishga qo‘rqqanim bois borolmadim. Shuning uchun sakkiz yildan buyon birorta festivalda ishtirok etolmayapman. “Ak ilbirs” milliy mukofotining taqdirlash marosimiga bosh rol ijrochilari Feruza Saidova va Bahriddin Abdullayev borishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Ak ilbirs” mukofotga o‘zbekistonlik rejissor Zulfiqor Musoqovning “Xazonrezgi” filmi uch nominatsiyada nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi. Taqdirlash marosimida mazkur filmdagi bosh rolni gavdalantirgan aktrisa Feruza Saidova “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” deb topildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют