» » Apple rahbari AQShda ish o‘rinlarini yaratishga 1 mlrd dollar sarflashga va’da berdi

Apple rahbari AQShda ish o‘rinlarini yaratishga 1 mlrd dollar sarflashga va’da berdi


Amerikaning Apple kompaniyasi AQShda yangi ish o‘rinlarini yaratishga 1 milliard dollar mablag‘ sarflaydi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

U bu maqsadga yo‘naltirilgan ilk mablag‘ haqida may oxirlarida e’lon qilishini aytdi. Shu maqsadlarda maxsus jamg‘arma tashkil etiladi.

“Ko‘pchilik odamlar mendan nahotki kompaniya ish o‘rinlarini ko‘paytirish haqida o‘ylashi kerak, deb so‘rashadi. Ularga javobim — kompaniya o‘z ahamiyatiga ega bo‘lishi kerak, chunki u kollektiv demakdir. Va odamlar ham o‘z ahamiyati haqida bilishi kerak, shu tufayli mening javobim — kompaniya ishchilar uchun o‘rinlar yaratishi shart”, — dedi Kuk.

Associated Press yozishicha, Apple’ning bunday qadamini uning tanqidga qarshi turishga urinishi deb baholash mumkin: kompaniyaning ko‘pchilik mahsulotlari Xitoyda yoki boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladi, bu esa norozilikka sabab bo‘lmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют