» » AQSh Kongressi Rossiyaning boshqa davlatlarga ta’siriga qarshi kurash bo‘yicha qo‘mita tashkil etilishini ma’qulladi

AQSh Kongressi Rossiyaning boshqa davlatlarga ta’siriga qarshi kurash bo‘yicha qo‘mita tashkil etilishini ma’qulladi


AQSh Kongressi vakillar palatasi 3-may, chorshanba kuni Rossiyaning boshqa davlatlarga maxfiy ta’siriga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etilishini ma’qulladi. Bu holat mamlakatning 2017-yil uchun budjeti loyihasiga ham kiritildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Ijro hokimiyati tizimida Rossiya Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan yashirin ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha faol choralarga qarshi turish asosiy vazifasi bo‘lgan muassasalararo qo‘mita tuzilmoqda”, — deyiladi hujjatda. 

“Faol choralar” deganda OAVdan qurol sifatida foydalanish, yolg‘on axborot tarqatish, ta’sir o‘tkazuvchi shaxslarni moliyalashtirish, hatto “qotillik va teraktlar ham” nazarda tutilgan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, qo‘mita tarkibiga Davlat departamenti, milliy razvedka, bosh prokuratura, FQB, mudofaa, moliya, energetika vakilari kirishi lozim.

Qo‘mita muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazishi va har yili Kongress oldida qilingan ishlar yuzasidan hisobot berishi, xususan, Rossiya rasmiylari tomonidan ta’sir o‘tkazishga urinishlar haqida xabardor qilishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют