» » Yodgor Sa’diyev va Zokirjon Almatov umra ziyoratini amalga oshirdi

Yodgor Sa’diyev va Zokirjon Almatov umra ziyoratini amalga oshirdi


O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev hamda sobiq Ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov umra ziyoratini amalga oshirdi. Ularning suratini “Imkon shou” boshlovchisi Axror Qo‘shmatov Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.

Ma’lumot uchun, Zokirjon Almatov 1949-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ichki ishlar organlarida 1971-yildan xizmat qilib kelgan. 1991-yil 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 2005-yil 5-dekabrda iste’foga chiqarilgan.

2016-yil 20-dekabrdan O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Yodgor Sa’diyev 1946-yilda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq artisti. “Shaytanat” serialidagi Asadbek roli bilan elga tanilgan. Hozirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют