» » Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston 24” teleradiokanalini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston 24” teleradiokanalini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy teleradiokompaniya tarkibida “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

Xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladigan va butun respublika bo‘ylab kun-u tun efirga uzatiladigan yangi kanal ishga tushirilishidan ko‘zda tutilgan maqsad aholiga xolis va ishonchli ahborot yetkazish, mamlakat mediahududini sifatli axborot-tahlil mahsuloti bilan boyitish, mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish ekanligi bildirilmoqda. 

Davlat organlari mas’ul rahbarlarining aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini yo‘lga qo‘yish, sharhlovchilar, ekspertlar, akademik doiralar vakillarini joylardagi dolzarb masalalar va fuqarolarning muammolarini muhokama etish va hal qilish uchun jalb etilishi ham “O‘zbekiston 24” vazifalari sirasiga kiradi. 

Mazkur qaror bilan “Diyor” telekanali va “Toshkent” radiokanali tugatiladi, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o‘tadi. “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 

“O‘zbekiston 24” SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi. 

Yangi kanal yaqin oylarda efirga chiqishi kutilmoqda. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют