» » Gmail foydalanuvchilarni Google Docs ostida niqoblangan soxta xabarlardan ogohlantirdi

Gmail foydalanuvchilarni Google Docs ostida niqoblangan soxta xabarlardan ogohlantirdi


Google kompaniyasi Gmail pochta xizmati foydalanuvchilarini Google Docs xizmati ostida niqoblangan zararli xabarlardan ogohlantirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

We are investigating a phishing email that appears as Google Docs. We encourage you to not click through, & report as phishing within Gmail.

— Gmail (@gmail) May 3, 2017

Biz Google Docs kabi ko‘rinadigan fishing (foydalanuvchiga zarar yetkazadigan) xabarlarni o‘rganib chiqyapmiz. Sizni ana shu ko‘rinishdagi havolaga kirmaslikka va uni fishing xabar deb belgilashga chaqiramiz.

Google

Xabarlar 3-mayda kelishni boshlagan. Muallifi qabul qiluvchiga tanishdek ko‘rsatilgan xabarda Google Docs hujjatni ochish taklif qilinadi.

Havola bo‘yicha kirilganda, foydalanuvchidan Google Docs deb nomlangan dasturga o‘z xatlari va pochta manzillarini boshqarishga ruxsat berish so‘raladi. Aslida bu dasturning Google’ga hech qanday aloqasi yo‘q va zarar yetkazuvchi hisoblanadi.

The Verge nashrining qayd etishicha, xabar oddiy fishing xabardan shunisi bilan farqlanadiki, u foydalanuvchini pochta xizmatinikiga o‘xshamaydigan sahifaga o‘tkazadi. O‘zi esa haqiqiy pochta xizmati ichida harakat qilib, begona dasturlarga akkauntga kirish imkoniyatini yaratadi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Google zarar yetkazuvchi dasturni o‘chirgan. Kompaniya hali bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют