» » Facebook auditoriyasi 1,94 mlrd kishiga yetdi

Facebook auditoriyasi 1,94 mlrd kishiga yetdi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ining dunyo bo‘ylab foydalanuvchilari soni 1,94 milliard kishiga yetdi. Bu haqda kompaniyaning joriy yil birinchi kvartali uchun e’lon qilingan korporativ hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Hujjatda qayd etilishicha, 2017-yilning 31-mart holatiga ko‘ra ijtimoiy tarmoqdan bir oyda kamida bir marta bo‘lsa ham foydalanadiganlar soni 1,94 milliard kishini tashkil qilmoqda. 2016-yilning birinchi kvartalida Facebook foydalanuvchilari soni 1,65 milliard kishi edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir yilda 17 foizga oshdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga har kuni 1,28 milliard kishi kiradi. Oldingi yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 18 foiz o‘sdi. O‘shanda bunday foydalanuvchilar 1,09 milliard kishi edi.

Facebook’ning birinchi chorak yakuniga ko‘ra daromadi 8,03 milliard, sof foyda esa 3,06 milliardni tashkil qildi. Har ikki ko‘rsatkich tahlilchilar kutayotgan natijani yaxshiladi va 2016-yilga nisbatan yaxshiroq bo‘ldi. 2016-yil birinchi choragida Facebook 5,38 milliard daromad va 1,73 milliard sof foyda ko‘rgandi.

Facebook 2004-yil 4-fevralda Mark Sukerberg va uning Garvard universitetidagi uch kursdoshi tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda Facebook dunyodagi eng yetakchi ijtimoiy tarmoqlardan biri sanaladi. Mark Sukerberg bugungi kunga qadar kompaniya rahbari bo‘lib kelmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют