» » Foto: Kenguruni yutib yuborgan bo‘g‘ma ilon timsohga o‘xshab qoldi

Foto: Kenguruni yutib yuborgan bo‘g‘ma ilon timsohga o‘xshab qoldi


Avstraliyaning Kvinslend shtatida istiqomat qiluvchi ayol uyining oldida timsohni eslatuvchi 5 metrli ametist bo‘g‘ma ilonni aniqladi, deb yozadi National Geographic.

Sudralib yuruvchi bir nima tanovul qilganini taxmin qilish qiyin bo‘lmadi: uning tanasi ishgan va chetdan qaraganda timsohga o‘xshab qolgandi.

Voqea joyiga Cairns Snake Removals kompaniyasining mutaxassisi chaqirtirildi va u topilmadan hayratga tushdi. Tajribasiga qaramay, mutaxassis bundan katta ilonni avval ko‘rmagan edi.

U bo‘g‘ma ilonni mashina yukxonasiga joylash uchun sherigini chaqirtirishga majbur bo‘ldi. Ilon ovlovchisi topilmadan shu darajada hayratda ediki, o‘z xizmati uchun pul olmadi.

Odatda bo‘g‘ma ilonlar kemiruvchi, qushlar, katta bo‘lmagan kenguru va shu kattalikdagi jonivorlarni ovlaydi. Oson o‘lja topish uchun bu turdagi sudralib yuruvchilar odamlar yashaydigan joylarga borib, tovuq, mushuk, to‘tiqush va itlarni ovlaydi.

Mutaxassislar bu safar bo‘g‘ma ilon tushlikka kenguru-vallabini “tanovul” qilganini taxmin qildi. Yirtqich va uning o‘ljasi jami 40 kilogramm chiqdi.

Ametist bo‘g‘ma ilon – Avstraliyadagi eng yirik ilon hisoblanadi. Uning uzunligi o‘rtacha 3,5 metrni tashkil etadi, ba’zida 8 metrlilari ham uchraydi.

Ametist bo‘g‘ma ilonlari Avstraliyada qo‘riqlanadigan turi bo‘lib, ularni o‘ldirish qat’iyan man etilgan. Shuning uchun ilon ovlovchisi uni uylardan yiroqqa joylashtirdi. Ayni vaqtda u shoshilmay o‘z o‘ljasini hazm qilmoqda. Shundan keyin ilon bir necha hafta va hatto oylab to‘q yuradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют