» » O‘zbekistonda 3 oy davomida 300 dan ortiq qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi

O‘zbekistonda 3 oy davomida 300 dan ortiq qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi


Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitini tizimli ravishda o‘rganish maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda pasport tizimi qoidalarii buzish, noqonuniy o‘qotar qurollar va narkotik vositalarni saqlash holatlari aniqlanmoqda. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi mutasaddilari ma’lum qildi. 

Mazkur yo‘nalishda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning oxirgi uch oyi davomida 100 mingdan ortiq shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 300 dan ortiq qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbiri sifatida 160 mingdan ortiq profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Asosiy e’tibor voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasiga qaratilib, o‘quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta’lim muassasalaridagi davomatini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida mart oyida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik darajasi 2 foiz, yoshlar o‘rtasida 2,4 foiz, shu jumladan, kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida 10,9 foiz, oliy ta’lim muassasalarida 39,5 foizga kamaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют