» » Rossiyaning “Librika” nashriyoti O‘zbekiston haqida maxsus kitob tayyorlamoqda

Rossiyaning “Librika” nashriyoti O‘zbekiston haqida maxsus kitob tayyorlamoqda


30-aprel kuni Rossiyaning yirik “Librika” nashriyotining ijodiy guruhi Samarqandga tashrif buyurdi. Ijodkorlar ikki kun davomida Samarqandning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar hamda Siyob bozorida suratga olish ishlarini olib bordi, deb xabar beradi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ijodiy guruh Samarqand palovi, mashhur Samarqand noni va No‘xot sho‘rak taomining tayyorlanish jarayoniga alohida e’tibor qaratdi.

Ta’kidlash joizki, “Librika” nashriyoti o‘zining kitobida milliy oshxona, marosim va urf-odatlar, arxitektura yodgorliklarini yoritishni rejalashtirgan.

Nashr yozuvchisi va suratkashi o‘zbek madaniyati, urf-odati va turmush tarzining xilma-xilligini qamrab olish maqsadida Toshkent, Buxoro va Shahrisabzga ham tashrif buyuradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют