» » Huawei Xitoy smartfonlar bozorida yana peshqadamga aylandi

Huawei Xitoy smartfonlar bozorida yana peshqadamga aylandi


IDC tadqiqot kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, Huawei Xitoy smartfonlar bozoridagi yetakchilikni yana o‘z qo‘liga oldi. U o‘tgan yilning oxirida birinchilikni boshqa bir Xitoy kompaniyasi — Oppo’ga boy berib qo‘ygan edi, deb yozadi “Kommersant”.

Huawei ushbu chorakda 20,8 million dona smartfon sotib, savdo hajmini o‘tgan yilning boshiga nisbatan 25,5 foizga oshirdi. Shunday qilib, kompaniya bozordagi ulushning 20 foizini egallamoqda.

Undan keyingi pog‘onadagi Oppo kompaniyasi esa 18,9 million mobil qurilma sotgan bo‘lib, uning bozordagi ulushi deyarli o‘zgarmasdan — 18,2 foizligicha qoldi.

Jahon smartfon bozoridagi eng yirik ikki ishlab chiqaruvchi — Apple va Samsung esa jahondagi eng katta smartfonlar bozorini qo‘ldan boy bermoqda.

Apple’ning Xitoydagi savdo ko‘rsatkichlari pasaymoqda: bu safar kompaniya o‘tgan yilga nisbatan 26,7 foizga kam qurilma sotdi, bozordagi ulushi esa 3,5 gacha kamaydi.

Jahon bozorida amerikalik raqobatchisini ortda qoldirgan Samsung’ning ham Xitoydagi ahvoli havas qilgulik emas — Janubiy Koreya kompaniyasi bu safar savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuchli beshlikka ham kira olmadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют