» » Toshkentda voyaga yetmagan qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda voyaga yetmagan qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan ma’lumotga asosan, 2017-yil mart oyining boshida 1982-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Hamid Sultonov ismli fuqaro 18 yoshga to‘lmagan ikki qizni fohisha sifatida ishlatayotgani aniqlangan.

Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 4-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Gumonlanuvchi jabrlanuvchi qizlarni yalang‘och holda suratga tushirib, agar uning talablarini bajarmasa, fotosuratlarni qizlarning ota-onasi va o‘quv muassasasiga jo‘natish bilan qo‘rqitgan.

Shu tariqa fuqaro voyaga yetmagan qizlarni majburan fohisha sifatida ishlatib kelgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida Sultonov fuqaro Z. dan fohisha sifatida ishlab topgan 240 ming so‘m miqdordagi pul mablag‘ini olayotganda daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Sultonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismining “a” bandi (odam savdosi, odamni olish va sotish, odamni undan foydalanish maqsadida yollash, topshirish, yashirish yoki qabul qilish alomatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiligan.

Fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tayinlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют