» » O‘zbekistonda yil boshidan buyon 696 kishi xavfli hududlardan ko‘chirildi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 696 kishi xavfli hududlardan ko‘chirildi


Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonning sel va ko‘chki xavfi bor hududlarida istiqomat qiluvchi 696 kishi va 151 uy xo‘jaligi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Bu haqda, FVV matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Shulardan 515 nafari Surxondaryo, 71 kishi Samarqand, 61 kishi Toshkentda va 11 kishi Namangan viloyatlarida vaqtincha ko‘chirilgan.

Qashqadaryo viloyatida 21 kishi doimiy yashash uchun boshqa joyga ko‘chirilgan. Ularning xavfli zonada joylashgan uylari buzib tashlangan. Maxsus muhandislik texnikasi yordamida mutaxassislar ko‘chki massasini bo‘shatib, besh kishidan iborat xo‘jalikning xavfsizligini ta’minlagan.

Samarqand viloyatida ikki uy xo‘jaligida istiqomat qiluvchi 12 kishini himoya qilish maqsadida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari o‘tkazilgan.

Yil boshidan beri Andijon, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari daryo va soylari qirg‘oqlarida 167,6 ming kubometr yer va 13,5 ming kubometr tosh massasi miqdoridagi muhandislik-texnik va boshqa himoya tadbirlari amalga oshirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют