» » Buyuk Britaniya elchisi Qoraqalpog‘istonning kundalik hayoti bilan tanishdi

Buyuk Britaniya elchisi Qoraqalpog‘istonning kundalik hayoti bilan tanishdi


Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, mintaqa kundalik turmush tarzining turli jihatlari bilan tanishib chiqdi. Tashrif elchining eng taassurotlarga boy mintaqaviy safarlaridan biri bo‘ldi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.

Kristofer Allan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari hamda tashqi savdo vaziri bilan uchrashuv chog‘ida mintaqaning siyosiy va iqtisodiy hayoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Savdo-sanoat palatasi rahbari bilan uchrashuvda ishbilarmonlik, kichik va o‘rta biznes rivoji muhokama qilindi. Ikki tomon ham Britaniya kompaniyalarining Ustyurt gaz-kimyo majmuasining 4 milliardlik loyihasida ishtirok etganini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston uchun atrof-muhit masalalari, ayniqsa, Orol dengizining qurishi muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Orol dengizining qurishi oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida elchi Qoraqalpog‘istonning atrof-muhit muhofazasi qo‘mitasida, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasi Nukus filialida, shuningdek, BMT qo‘shma dasturi ofisida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Qoraqalpog‘istonning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishish maqsadida elchi respublika hududidagi qadimiy qal’alarga, Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyiga, Mo‘ynoq o‘lkashunoslik muzeyiga bordi. Ammo u bu bilan qanoatlanmay, Orol dengizining qurigan hududida shakllangan Orolqum cho‘lida hamda Orol dengizi qirg‘og‘ida ham bo‘ldi.

Safar chog‘ida Kristofer Allanga Qoraqalpog‘iston tashqi savdo vaziri o‘rinbosari hamrohlik qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют