» » Shvetsiyadagi bir startap Shimoliy Koreya poytaxti bo‘ylab virtual tur yaratdi

Shvetsiyadagi bir startap Shimoliy Koreya poytaxti bo‘ylab virtual tur yaratdi


Shvetsiyaning jahon shaharlari bo‘ylab virtual turlar yaratish bilan shug‘ullanidigan SceneThere startapi Pxenyan bo‘ylab turni ishga tushirdi. KXDR poytaxtida VR-ko‘zoynaklar yordamida “bo‘lish” mumkin, bunda tomoshabinning o‘zi sayohat yo‘nalishini tanlaydi, deb xabar beradi TJournal.

Kompaniya bosh direktori Markus Olssonning hikoya qilishicha, bu loyihaning asosiy ustunliklaridan biri hisoblanadi. Virtual sayohatchi bunda shaharni o‘z tempida, xuddi o‘sha yerda bo‘lib turganidek kuzatishi mumkin.

Olssonning ta’kidlashicha, u Pxenyanni osonlik bilan 360 darajali kameralarda suratga tushirishning uddasidan chiqqan. Uning so‘zlariga qaraganda, u KXDRga o‘qituvchi sifatida taklif etilgani bois jurnalistlardan ko‘ra ko‘proq narsa suratga olishga erishgan.

Ammo ayrim nashrlar jurnalistlari ushbu tur, aksincha, KXDR propagandasi quroli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bunday fikrni Janubiy Koreyaning Pusan milliy universiteti siyosatshunoslik professori Robert Kelli ilgari surdi. Uning tushuntirishicha, Shimoliy Koreya hukumati turistlarni jalb qilish maqsadida shu kabi texnologiyalardan foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, virtual turni ko‘rgan Kelli u Pxenyan haqiqiy aks ettirishini tan oldi. Ammo professor Shimoliy Koreya haqida uning poytaxtiga qarab fikr bildirish noto‘g‘ri bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Kellining ta’kidlashicha, turistmisiz, olimmisiz, KXDRda ekansiz, rejim sizni kuzatadi va kerakli narsani ko‘rishga majbur etadi.

“Ammo bu hech narsa ko‘rmagandan ko‘ra yaxshiroq”, — xulosa qildi siyosatshunos.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют