» » Yevropol Instagram va Durovni IShIDga qarshi kurashga yordam berishni istamaslikda aybladi

Yevropol Instagram va Durovni IShIDga qarshi kurashga yordam berishni istamaslikda aybladi


Yevropa politsiya agentligi rahbari Rob Ueynrayt Instagram messenjeri rahbari hamda shaxsan loyiha asoschisi Pavel Durovni maxsus xizmatlar bilan aloqa qilmaslikda hamd terrorga qarshi kurashda yordam berishni istamaslikda aybladi. Uning tan olishicha, Telegram “so‘rovlarni butunlay inkor qilyapti deb bo‘lmaydi”, ammo bu Twitter va Facebook ko‘rsatayotgan “hamkorlik darajasi emas”, deb xabar beradi TJournal.

Ueynraytning ta’kidlashicha, Yevroittifoq IShID terrorchilariga internet resurslaridan foydalan olmasligi yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda, negaki aynan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar propaganda va yangi a’zolarni yollash vositasiga aylanib bormoqda. Shu tufayli IShID hatto o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratishga majbur bo‘ldi.

Yevropol rahbari Durovning messenjeri erkin bo‘lishi, davlat bilan hamkorlik qilmasligi borasidagi pozitsiyasini eslatib o‘tdi. Ammo Ueynrayt Telegram butunlay aloqalardan bosh tortmaganini ham tan oldi.

“Durovning nuqtai nazari Rossiyada olingan tajriba bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli yuqori”, — taxmin qildi Yevropaning bosh politsiyachisi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют