» » Rossiya matbuoti Suriyadagi kimyoviy hujum postanovka bo‘lgani haqida yozib chiqdi

Rossiya matbuoti Suriyadagi kimyoviy hujum postanovka bo‘lgani haqida yozib chiqdi


Rossiyaning “TASS”, “Interfaks”, “RIA Novosti” agentliklari mamlakat harbiy-diplomatik manbalariga tayangan holda Suriyadagi kimyoviy hujum aslida postanovka bo‘lganini ta’kidlamoqda. “Kommersant.ru”ning bildirishicha, keltirilgan fikrlarga ko‘ra, postanovkani “Al Jazeera telekanali stringerlari guruhi tayyorlagan”.

Aytilishicha, suratga olish jarayoni go‘yoki Idlib viloyatida, 30 ta o‘t o‘chirish hamda tez yordam mashinalari, 70 nafargacha mahalliy aholi vakillari ishtirokida o‘tgan.

“Suratga olish jarayoni yakunlangach, har bir ishtirokchiga, shu jumladan, bolalarga ming Suriya funtidan pul hamda oziq-ovqat to‘plami berilgan”, — deb ma’lum qildi agentliklarning nomi keltirilmayotgan manbasi.

Muqaddam Suriya inson huquqlari observatoriyasi kimyoviy hujumga uchragan kishilar aks etgan videolavhani tarqatgan edi. Ammo Rossiya tomoni amaldagi rejimning bu ishlarga aloqasini inkor etib kelmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют