» » Toshkentdagi xalqaro anjumanda Jahon stomatologlar assotsiatsiyasi delegatsiyasi ishtirok etdi

Toshkentdagi xalqaro anjumanda Jahon stomatologlar assotsiatsiyasi delegatsiyasi ishtirok etdi


Toshkent shahrida stomatologlar xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent davlat stomatologiya instituti, O‘zbekiston stomatologlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy olimlar, shifokorlar, talabalar bilan bir qatorda AQSh, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Janubiy Koreya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Litva, Polsha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning ilm-fan muassasalari yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanda sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari A.Hojiboyev, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev va boshqalar nutqqa chiqdi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston tibbiyoti va ta’lim tizimi hamda ilm-fanning bu boradagi salohiyati keng namoyish etildi.

Mazkur tadbirda Jahon stomatologlar assotsiatsiyasi vakillaridan iborat nufuzli delegatsiyaning qatnashgani tibbiy ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi yangiliklarni targ‘ib qilish, zamonaviy texnologiyalarni keng ommalashtirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

“Anjumanga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rilgan, — dedi Xalqaro stomatologiya federatsiyasi vitse-prezidenti Tin Chun Vong (Xitoy). — Dunyoning ko‘plab yetakchi olimlari va ekspertlarini bir davraga jamlagan ushbu tadbir stomatologiyaning yutuqlarini targ‘ib etish barobarida oldimizda turgan muhim vazifalarni muhokama qilish imkonini berdi. Men anjumanda stomatologiya va umumiy salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlik mavzuida ma’ruza qildim. Hozirgi kunda ilm-fan bu borada qator muhim natijalarga erishgani inson salomatligida muhim omil bo‘lmoqda”.

“Bugungi kunda stomatologiyaning barcha sohalari jadal rivojlanmoqda, — dedi Dentsply sirona kompaniyasining vitse-prezidenti Jorj Vogel (Avstriya). — Xususan, ortodontiyaga Cad/Cam texnologiyalarining kirib kelishi bemor uchun ham, shifokor uchun ham katta qulaylik yaratmoqda. 3D texnologiyasi asosida ishlaydigan bu zamonaviy texnologiyalar yuz-jag‘ kasalliklariga aniq tashxis qo‘yish, samarali davolash, insonga sog‘lom tabassum hadya etish imkoniyatini kengaytirmoqda. O‘zbekiston tibbiyotida bunday ilg‘or texnologiyalardan foydalanish borasida imkoniyatlar yetarli. Shifokorlarning bilim va tajribasi xalqaro andozalarga to‘liq javob beradi. Talabalarning bilimga chanqoqligi, harakatchanligi kishida havas uyg‘otadi. O‘zbekiston yoshlari yangi texnologiyalarni mukammal egallab, jahon tibbiyoti rivojiga o‘z ulushini qo‘shadi”.

Anjumanda stomatologiya sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy asbob-uskunalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Parodontologiya, ortodontiya, tish implantologiyasi va boshqa sohalar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Yosh olimlar anjumani o‘tkazildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют