» » Toshkentda davomli yerosti silkinishlari sezildi

Toshkentda davomli yerosti silkinishlari sezildi


Toshkent shahrida 5-may, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:11 da davomli yerosti silkinishlari sezildi.

Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 10:09 da Tojikiston hududida magnitudasi 5,9 ga teng zilzila yuz bergan.

Yerosti silkinishlari markazi O‘zbekistonning Farg‘ona shahridan 102 kilometr janubda ekani aytilmoqda. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Bu so‘nggi ikki kun davomida Toshkent shahrida sezilgan to‘rtinchi yerosti silkinishidir. Xususan, Toshkentda 3-may kuni soat 9:47 da 3,5—4 balli, 4-mayga o‘tar kechasi soat 1:03 da va 4-may kuni kuni soat 16:10 da 2 balli yerosti silkinishlari qayd etilgan edi.

Mavzuga doir: Zilzila nima va uni oldindan bilish mumkinmi?

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют