» » Dubay politsiyasi amirlikda “Ko‘k kit” o‘yini tarqalgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

Dubay politsiyasi amirlikda “Ko‘k kit” o‘yini tarqalgani haqidagi xabarlarni inkor etdi


Dubay politsiyasi amirlikda bolalar va o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishga undovchi virtual o‘yinlar tarqalgani, shuningdek, o‘zini o‘ldirish holatlari ham qayd etilgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi. Bu haqda UAE inside xabar bermoqda. 

Politsiya shu tariqa WhatsApp mobil dasturi orqali yuborilayotgan xabarga munosabat bildirdi. Unda ota-onalar bolalarni o‘ziga jismoniy zarar yetkazish, hatto joniga qasd qilishga undovchi virtual o‘yin (birinchi galda “Ko‘k kit” o‘yini) xavfidan ogohlantirilgan. 

Dubay politsiyasi kiberjinoyatchilik departamenti direktori Said al-Xojiriyga ko‘ra, huquq-tartibot idoralariga bu kabi o‘z joniga qasd etishlar haqida xabarlar kelmagan. Amirlik yoshlari “Ko‘k kit” o‘yiniga qiziqish bildirayotgan deb hisoblashga ham asos yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, politsiya bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilishda davom etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют