» » Qashqadaryo viloyati hokimi uyi buzilayotgan fuqaroning muammosini hal qilish uchun uning uyiga borishga va’da berdi

Qashqadaryo viloyati hokimi uyi buzilayotgan fuqaroning muammosini hal qilish uchun uning uyiga borishga va’da berdi


O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida sayyor qabul o‘tkazilib, unda aholi murojaatlari tinglandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“2007-yilda tuman hokimining qarori bilan to‘rt o‘g‘limning nomiga uy-joy qurish uchun 24 sotix yer ajratilgan edi, — dedi Muborak tumanidan Halim Pirnazarov. — O‘tgan vaqt mobaynida bu yerni obod qildim, 200 tupdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekdim, parvarishladim. O‘g‘illarimga uy-joy qurdim. Shuncha vaqt o‘tib, yaqinda tuman arxitektura bo‘limi vakillari kelib, bu yerdan yo‘l o‘tadi, shuning uchun yerni bo‘shatinglar, dedi. Buning ustiga boshqa joydan hech qanday yer ham taklif qilishmadi.

Hozir men shu yerda oilam bilan yashayman, to‘rt o‘g‘limga uy-joy qurganman. O‘g‘illarimning hammasi oilali. Shu bois mavjud holat yuzasidan Prezidentimizning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan edim. Bugungi sayyor qabulda bu masala yechimini topadigan bo‘ldi. Viloyat hokimining o‘zi uyimga borib, vaziyatni chuqur o‘rganib, adolatli qaror chiqarishga va’da berdi. To‘g‘risi, shu yoshga kirib, katta-katta rahbarlar bilan bunday ochiq va bemalol dardingni aytadigan tadbir bo‘lganini eshitmaganman”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют