» » Singapur politsiyasi Red Bull asoschining nabirasi mamlakatda yashiringani haqidagi xabarlarni rad etdi

Singapur politsiyasi Red Bull asoschining nabirasi mamlakatda yashiringani haqidagi xabarlarni rad etdi


Singapur politsiyasi mamlakatda Red Bull kompaniyasi (Tailand) asoschining nabirasi Vorayut Yuvittxayya yashiringani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Bu borada tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tailand rasmiylariga Singapur qonunchiligiga binoan zarur ko‘mak beriladi”, — deya ta’kidladi politsiya vakillari. 

Tailand sudi 28-aprel kuni 2012-yilda Ferrari avtomobilida politsiya xodimini urib yuborib, o‘limiga sabab bo‘lgan, o‘zi esa voqea joyidan yashiringan 31 yoshli Yuvittxayyani qamoqqa olishga order berdi.

OAVga ko‘ra, mol-mulki 9,7 milliard dollarga baholanadigan Chaleo Yuvittxayyaning merosxo‘ri order berilishidan uch kun avval shaxsiy samolyotida Singapurga uchgan va u yerdan noma’lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan. 

Qirollik milliy politsiyasi rahbari Chaktip Chaichinda Vorayut Yuvittxayya Interpol qidiruviga berilishini ma’lum qildi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 14) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют