» » Pentagon Afg‘onistonga yana 3 ming harbiy jo‘natishni taklif qildi

Pentagon Afg‘onistonga yana 3 ming harbiy jo‘natishni taklif qildi


AQSh Mudofaa vazirligi Afg‘onistonga yana qo‘shimcha kuch yuborishni o‘z ichiga olgan yangi harakatlar rejasini taqdim etdi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon Afg‘onistonni “mushkul ahvoldan olib chiqish”ga yo‘naltirilgan rejani AQSh prezidenti Donald Trampga keyingi hafta taklif qilmoqchi.

Ba’zi OAVlarning ma’lum qilishicha, gap Afg‘onistonga yana 3 ming harbiyni jo‘natish haqida ketmoqda.

Oq uy ushbu rejani ma’qullagan taqdirda, yordamchi kuchlarni Afg‘onistonga yuborishda NATO boshchiligidagi mahalliy harbiylar va politsiyani o‘qitish va “Tolibon”ga qarshi kurashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha missiyasi ham ishtirok etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют