» » Xorazmda yiliga bir millionta jo‘ja yetishtiradigan parrandachilik majmui tashkil etiladi

Xorazmda yiliga bir millionta jo‘ja yetishtiradigan parrandachilik majmui tashkil etiladi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi “Xorazm viloyatida parrandachilikni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatda inkubatsiyalarda yiliga kamida 1 million bosh jo‘ja va kamida 200 ming bosh tuxum yo‘nalishidagi tovuq parvarishlashni o‘z ichiga oladigan parrandachilik majmuasini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, “O‘zsanoatqurilishbank” hamda muassis tashkilotlarning mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Xorazm naslli parranda” parrandachilik majmuini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Parrandachilik majmui 2017-yilda Xiva tumanida dehqon xo‘jaliklari va aholini o‘rtacha 100 boshdan yosh parranda, qafas va omuxta yem bilan ta’minlash mexanizmini joriy etadi. 2018—2019-yillarda ushbu tajriba Xorazm viloyatining boshqa tumanlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.

Majmua viloyatning har bir tumanida parrandachilik xo‘jaliklariga veterinariya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha markazlarni bosqichma-bosqich tashkil etish vazifasini bajaradi.

Omuxta yem, vitaminlar, premikslar va qo‘shimchalar tarkibini kengaytirish hamda sifatini oshirish hisobiga parrandachilik tarmog‘ining ozuqa bazasini shakllantirish va rivojlantirish majmua faoliyaining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют