» » Toshkentda LG V20 smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda LG V20 smartfoni sotuvga chiqdi


LG Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita displey va ikkita kameraga ega qurilma — LG V10 ning yangi avlodi — LG V20 smartfonini sota boshladi, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

LG V20 smartfoni 5,7 dyuymli va Quad HD 2560 x 1440 pikselli asosiy displey va 160 x 1040 pikselli yordamchi IPS-ekran, 8 megapikselli frontal kamera, 16 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan.

Qurilmaning asosiy protsessori Qualcomm Snapdragon 820 bo‘lib, 4 gigabaytli tezkor xotira va 2 terabaytgacha kengaya oladigan 64 gegabaytli ichki xotiradan (+microSD) iborat. Akkumulyatorining hajmi 3200 mA/soat sig‘imga ega.

Qurilma Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. Smartfon alyuminiy korpusga ega.

Ishlab chiqaruvchilar smartfon MIL-STD 810G harbiy standarti bo‘yicha 120 santimetr balandlikdan qulashga chidashini ta’kidladi.

Toshkent bozorlarida LG V20 smartfoni 4,4 million so‘mdan sotilmoqda.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют