» » Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Merkelning bo‘yalgan boshi haqidagi yolg‘on suratga ishondi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Merkelning bo‘yalgan boshi haqidagi yolg‘on suratga ishondi


Ijtimoiy tarmoqlarning aksariyat foydalanuvchilari Saudiya Arabistoni televideniyesi podshoh Salmon bin Salmon ibn Abdulaziz as-Saud bilan uchrashgan Germaniya kansleri Angela Merkelning ro‘mol bilan o‘ralmagan boshini berkitib qo‘ygani haqidagi yolg‘on suratga ishondi, deb yozadi “Inews.co.uk”.

Merkelning tashrifidan bir necha kun o‘tgach, kanslerning sochi piksellar bilan yashirilgan suratini tarmoqqa joylashtirgan profil muallifi surat ostida: “Shunchaki ermak uchun”, — deb qayd qoldirgan.

Biroz vaqt o‘tgach ushbu surat 70 ming kuzatuvchisi bor livanlik siyosatshunosning Twitter’dagi akkauntida paydo bo‘lgan. Tvit ostida ishonuvchan foydalanuvchilarning: “Agar haqiqat bo‘lmaganida, naqadar kulguli bo‘lardi”, qabilidagi izohlari ham uchraydi.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar internetda virusli tarzda tarqab ketgan “kadr” televideniye orqali ko‘rsatilmaganiga, surat Reuters agentligi tomonidan avvalroq e’lon qilinganiga e’tibor ham qaratib o‘tirmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют