» » Turkmanistonlik ayol O‘zbekistondan jomadon dastasi ichiga 650 dollar yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi

Turkmanistonlik ayol O‘zbekistondan jomadon dastasi ichiga 650 dollar yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi


Turkmaniston fuqarosi bo‘lgan ayol jomadon dastasi ichiga 650 dollar yashirib, pullarni O‘zbekistondan olib chiqib ketishga urindi. Uni Qashqadaryo viloyatidagi “Qarshi–Karki” chegara-bojxona postida ushlab qolishdi, deb xabar beradi UzNews.

Shuningdek, bojxonachilar O‘zbekiston tashqari xorijiy valyuta olib chiqish bilan bog‘liq bir qancha holatlarni aniqladi.

Jumladan, Turkmaniston fuqarosi 2150 dollarni noutbuk sumkasining yashirin cho‘ntagiga bekitib olib chiqishga urindi. Ammo tekshirish chog‘ida bu fakt fosh etildi.

Bundan tashqari, yana bir chet el fuqarosi bo‘lgan ayol 600 dollar olib chiqib ketishga uringanida qo‘lga olindi.

Bu faktlar yuzasidan ma’muriy qoidabuzarliklar haqida bayonnomalar rasmiylashtirildi, valyuta musodara qilindi. Ish materiallari sudga topshiriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют