» » HBO “Taxtlar o‘yini”ning to‘rt spin-offi ustida ish olib borilishini bildirdi

HBO “Taxtlar o‘yini”ning to‘rt spin-offi ustida ish olib borilishini bildirdi


HBO telekanali “Taxtlar o‘yini” serialining spin-offlari ustida ish boshlash maqsadida to‘rt ssenariynavis bilan kelishuv imzolanganini e’lon qildi. Bu haqda, Variety nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Ushbu loyihalar haqida hozircha hech qanday tafsilotlar ma’lum emas. Aytilishicha, telekanal Jorj Martin olamining turli davrlaridan foydalanadi.

Telekanal raisi ssenariynavislarga keragicha vaqt berishini va ssenariylar tayyor bo‘lganidan so‘ng loyihalarga baho berishini bildirdi.

Loyihalar ustida Maks Borenshteyn (2014-yilgi “Godzilla”, “Kong: Bosh chanog‘i oroli”), Jeyn Goldman (Kingsman va “Iks odamlar” seriyasi filmlari), Karli Rey (“Aqldan ozganlar”) va Brayan Xelgelend (“Los-Anjeles sirlari”, “Ritsar tarixi”, “Afsona”) ishlaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют