» » Pentagon: AQSh boshchiligidagi koalitsiya jangarilarni bombalashda davom etadi

Pentagon: AQSh boshchiligidagi koalitsiya jangarilarni bombalashda davom etadi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning barcha hududida IShID va “al-Qoida”ga qarshi kurashishda davom etadi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi vakili mayor Adrian Renkin-Gellouey bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.

“Koalitsiyamiz avvalgidek IShID va ‘al-Qoida’ni ular qayerda ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda nishonga olishda davom etadi”, — dedi u, AQSh Suriyadagi deeskalatsiya zonalari ustida parvoz qilishda davom etish-etmasligi haqidagi savolga javob berarkan.

Pentagon vakili koalitsiya o‘zining va Rossiyaning samolyotlariga bo‘lgan tahdidni minimum darajaga tushirishga intilishda davom etayotganini bildirdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют