» » Trampning Floridaga amalga oshirgan ikkita parvozi uchun 1,2 million dollar sarflandi

Trampning Floridaga amalga oshirgan ikkita parvozi uchun 1,2 million dollar sarflandi


AQSh prezidenti Donald Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohiga ikki bor amalga oshirgan parvozi uchun budjetdan 1,2 million dollar ajratildi. Bu haqda Judicial Watch tashkiloti hisobotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Judicial Watch AQSh Harbiy-havo kuchlari tomonidan ma’lumot olingani va unda prezident Trampning Mar-a-Lagoga fevral va mart oylarining dam olish kunlarida amalga oshirgan parvozlari 1 million 218 ming 420 dollarga tushgani haqida xabar qiladi”, — deyiladi tashkilot axborotida.

Ta’kidlanishicha, prezident parvoz qiluvchi havo kemasiga har bir soat ishlagani uchun 142 ming dollar to‘lanadi. Judicial Watch AQSh maxfiy xizmati Trampning hamda ma’muriyatning mazkur va boshqa parvozlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etmaganini qayd etib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют