» » Kentukkida imtihon javoblarini o‘g‘irlashga uringan ikki talaba hibsga olindi

Kentukkida imtihon javoblarini o‘g‘irlashga uringan ikki talaba hibsga olindi


Bo‘lajak imtihon javoblarini o‘g‘irlash maqsadida Kentukki universitetiga noqonuniy kirgan ikki talaba hibsga olindi, deb xabar bermoqda TJournal.

Talabalar 3-maydan 4-mayga o‘tar kechasi imtihon javoblarini o‘g‘irlash uchun universitet binosiga ventilyatsiya quvuri orqali kirgan. Biroq o‘sha kuni ishda kech qolib ketgan o‘qituvchi Jon Keyn tanovul qilish uchun xonadan chiqqan bo‘lgan. Shunga qaramay, u talabalarni jinoyat ustida qo‘lga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.

Talabalar xonada yashirinishga urindi. O‘qituvchi politsiyani chaqirishini aytib, tahdid qilgach, talabalar eshikni ochib, qochib ketdi.

Politsiya yetib kelgach, talabalarning biri — 21 yoshli Genri Linch o‘qituvchi uni tanib qolganidan qo‘rqib, voqea joyiga qaytib keldi. Hibsga olingan Linch aybiga iqror bo‘ldi va sherigi Troy Kifxut ismli talaba ekanligini ma’lum qildi.

Linchning so‘zlariga ko‘ra, u avval ham ventilyatsiya quvuri orqali binoga kirib, Jon Keynning xonasidan imtihon javoblarini o‘g‘irlagan.

Qo‘lga olingan talabalarga nisbatan o‘g‘rilik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

The Independent nashri mazkur jinoyatchilar bir yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligini qayd etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют