» » Finalga chiqqan 9 o‘zbekistonlik bokschining 4 nafari bugun oltin medal uchun jang qiladi

Finalga chiqqan 9 o‘zbekistonlik bokschining 4 nafari bugun oltin medal uchun jang qiladi


Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun — 6-may kuni o‘zbekistonlik to‘rt bokschi final jangida ringga chiqadi.

Hal qiluvchi bellashuvga qadar ketma-ket uch raqibini nokaut etgan Murod Ahmadaliyev “O‘zbekiston” sport majmuasi arenasiga 14:30 da chiqib keladi.

Shundan keyin yana uch nafar o‘zbekistonlik Hindiston, Janubiy Koreya va Qozog‘iston sportchilariga qarshi ringga tushadi.

18:45 da Sanjar Tursunov Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi. U chorak finalda Olimpiada sovrindori bo‘lgan qozog‘istonlik raqibiga imkoniyatni boy berib, qolgan 9 o‘zbekistonlik sherigidan ajralib qolgandi. Endi unda Germaniyadagi mundial uchun so‘nggi imkoniyat bor.

Finallar
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Jiavei Jang (Xitoy) — 14:30
-60 kg: Elnur Abduraimov — Shiva Tapa (Hindiston) — 15:10
-75 kg: Isroil Madrimov — Dong Yun Li (Janubiy Koreya) — 16:00
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Yerik Aljanov (Qozog‘iston) — 18:30

Pley-off
-91 kg: Sanjar Tursunov — Salar G‘ulomiy (Eron) — 18:45

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют