» » Xalqaro basketbol federatsiyasi ayollarga hijobda o‘ynashga ruxsat berdi

Xalqaro basketbol federatsiyasi ayollarga hijobda o‘ynashga ruxsat berdi


Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) ushbu sport turidagi ayollarga hijobda o‘ynash taqiqini bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ayol sportchilarga yuzni berkitmaydigan va o‘yin vaqtida hech qanday jarohat yetkazmaydigan bosh kiyimini kiyishga ruxsat berildi.

FIBA kongressida ma’qullangan yangi qoidalar shu yilning 1-oktabr kuni kuchga kiradi.

Qoidada belgilanishicha, hijob qora, oq yoki sport formasi rangida bo‘lishi mumkin. Bir jamoa vakillarining barcha bosh kiyimi bir xil rangda bo‘lishi kerak.

Qayd etish joiz, hijobda bastketbol o‘ynash 2014-yili xavfsizlik nuqtai nazaridan taqiqlangan edi. Basketbol bo‘yicha Qatar terma jamoasi taqiq tufayli Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortgach, qoidani qayta ko‘rib chiqishga qaror qilindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют