» » Toshkentda so‘nggi uch kunda beshinchi yerosti silkinishlari sezildi

Toshkentda so‘nggi uch kunda beshinchi yerosti silkinishlari sezildi


O‘zbekistonning ayrim hududlarida 6-may kuni soat 12:15 da zilzila qayd etildi. Bu haqda, “Toshkent” seysmostansiyasi ma’lumotlariga asoslanib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Zilzilaning epitsentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 318 kilometr uzoqlikda, Qirg‘iziston hududiga to‘g‘ri keladi. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,0 ni tashkil etdi.

O‘zbekiston hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Farg‘onada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etgan.

“O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmadi”, — deyiladi FVV axborotida.

Qayd etish joiz, bu Toshkent shahrida so‘nggi uch kun davomid sezilgan beshinchi zilzila bo‘ldi.

Mavzuga doir: Toshkentda davomli yerosti silkinishlari sezildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют