» » Facebook o‘zining shaxsiy teleshoularini iyun oyining o‘rtalarida ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Facebook o‘zining shaxsiy teleshoularini iyun oyining o‘rtalarida ishga tushirishni rejalashtirmoqda


Facebook kompaniyasi iyun oyining o‘rtalarida o‘zining shaxsiy teleshoularini ishga tushirishni rajalashtirmoqda. Bu haqda Business Insider nashriga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Umumiy miqdorda 20 ta turli dasturlar ishga tushirilishi rejaga kiritilgan. Ular ikki guruhga — 5—10 daqiqalik qisqa va 30 daqiqadan 1 soatgacha davom etishi mumkin bo‘lgan standart teleshoulardan iborat.

Facebook ushbu yangilik asosan voyaga yetmagan foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilishi va ushlab turishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, shou qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Avvalroq, Facebook nomaqbul kontentlarga qarshi kurashish maqsadida qo‘shimcha xodimlarni ishga olishini ma’lum qilgan edi. Yangi mutaxassislar videolarga kelib tushayotgan shikoyatlar va ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar bilan shug‘ullanadi.

Shunday qilib, hozirda 4,5 ming xodim faoliyat ko‘rsatayotgan Facebook jamoasi ikki barobarga ortadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют