» » Microsoft kompaniyasi yangi Surface planshetlarini 23-may kuni namoyish etishi mumkin

Microsoft kompaniyasi yangi Surface planshetlarini 23-may kuni namoyish etishi mumkin


Microsoft kompaniyasi may oyi oxirigacha yangi gadjetlar taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Microsoft kompaniyasining Surface qurilmalari ishlab chiqarilishi uchun mas’ul bo‘lgan qurilmalar bo‘yicha vitse-prezidenti Panos Panayning ma’lum qilishicha, 23-may kuni kompaniya Shanxayda tadbir o‘tkazadi.

Panos Panay tadbir tafsilotlarini ma’lum qilmadi, biroq ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabariga #Surface heshtegini ilova qilib qoldirdi.

See you in Shanghai. May 23. #MicrosoftEvent #Surface https://t.co/aMgvkkqE52 pic.twitter.com/vzcK9MqIpf

— Panos Panay (@panos_panay) May 5, 2017

Bu Surface Pro plansheti yoki butunlay boshqa, yangi qurilma taqdimoti bilan bog‘liq e’lon bo‘lishi mumkin, deb yozadi TechCrunch nashri.

Microsoft kompaniyasi 2-may kuni yangi Microsoft Surface Laptop noutbuki va Windows 10S operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют