» » Gannoverda Ikkinchi jahon urushi bombasi sabab 50 ming kishi evakuatsiya qilindi

Gannoverda Ikkinchi jahon urushi bombasi sabab 50 ming kishi evakuatsiya qilindi


Germaniyaning Gannover shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolib ketgan ikkita bombani zararsizlantirish uchun 50 ming kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Mazkur operatsiya Gannoverning har o‘ninchi fuqarosiga daxl qildi va, shu tariqa, Germaniya tarixidagi eng yirik ikkinchi shunday tadbirga aylandi.

Turar joylardagi aholidan tashqari, yettita qariyalar uyi, kasalxona va Continental shina zavodi xodimlari ham evakuatsiya qilingan.

Vaqtinchalik ko‘chirilgan aholi uchun bepul yeguliklar va madaniy dastur tashkil etilgan. Aholi kechga yaqin o‘z uylariga qaytishlari mumkin bo‘lishi kutilmoqda.

Ikkinchi jahon urushi bombalari bilan bog‘liq eng katta evakuatsiya o‘tgan yili Augsburgda qayd etilgan edi. O‘shanda qurilish ishlari vaqtida topilgan 3,8 tonnalik bomba sabab 54 ming kishi xavfsiz hududga ko‘chirilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют