» » Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi zamonaviy qozonxonani borib ko‘rdi. Shahardagi ko‘p qavatli uylar quyosh energiyasi yordamida issiq suv bilan ta’minlanadi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi zamonaviy qozonxonani borib ko‘rdi. Shahardagi ko‘p qavatli uylar quyosh energiyasi yordamida issiq suv bilan ta’minlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Toshkentning Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor lokal qozonxonalarni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Oybek ko‘chasidagi 40- va 42-uylarda ishga tushirilgan qozonxonalar gelio suv isitgichlari bilan jihozlangan. “Ushbu qozonxona an’anaviy markazlashgan isitish tizimiga qaraganda birmuncha afzalliklarga ega”, — deb yozadi O‘zA.

Avvalo, qozonxonada zamonaviy texnologiya asosida quyosh nuridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, xonadonlarga kerakli miqdorda taqsimlanadi. Bu yoqiladigan tabiiy gazni tejash, iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishda yo‘qotishlar va qish mavsumida avariya holatlarining oldini olish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Qozonxonada soatiga 146 kilovatt issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyihaning qiymati 460 million so‘m bo‘lib, xarajatlar “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi hisobidan qoplangan.

Uy yuqorisidagi texnik qavatda qozonxona, tomda quyosh kollektorlari o‘rnatilgan. O‘zbekiston Prezidenti ushbu lokal qozonxonani ko‘zdan kechirdi.

Quyosh suv isitgichlari ekologik tozaligi, ko‘p xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. Bunday qurilmalar nafaqat quyoshli, balki bulutli kunlarda ham energiya ishlab chiqara oladi.

Mazkur sohadagi ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishdir. Kommunal sohani yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun quyosh energiyasi asosida ishlaydigan issiqlik energiyasi tizimiga o‘tishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahrida kelgusi uch yilga mo‘ljallangan alohida tizim ishlab chiqamiz. Bu tizim quyosh energiyasi yordamida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv va energiya bilan uzluksiz ta’minlash, energiya resurslarini tejash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

O‘zbekiston Prezidenti gelioqurilmalar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari namunalari bilan ham tanishdi.

Qozonxonalarni qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, malakali mutaxassislarni jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют