» » Andijon viloyati hokimi Ruslan Chagayevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirdi (foto)

Andijon viloyati hokimi Ruslan Chagayevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirdi (foto)


9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyatidagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus bo‘limlaridan iborat jamoalar o‘rtasida bir necha kun davomida xizmat uchkurashi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va o‘zbekistonlik taniqli bokschi Ruslan Chagayev tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tadbirda ishtirok etgan boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, asli andijonlik Ruslan Chagayevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirdi.

Men mana shu yurtda unib-o‘sib, muvaffaqiyatlarga erishganimdan doimo faxrlanaman. Meni jahonga tanitgan ona yurtimga va xalqimga doimo ta’zimdaman.

Ruslan Chagayev, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni

Tadbir yakunida Ruslan Chagayevning yosh sportchilar hamda boks muxlislari bilan jonli suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют