» » Tramp ma’muriyati ilk 100 kun davomida unga qarshi kiritilgan da’volar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Tramp ma’muriyati ilk 100 kun davomida unga qarshi kiritilgan da’volar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi


AQSh prezidenti Donald Tramp faoliyatining ilk 100 kuni davomida mamlakat federal sudlariga uning ma’muriyatiga qarshi 134 ta da’vo kiritildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

The Boston Globe nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, yuqoridagi raqam Trampning uch o‘tmishdoshi ma’muriyatlariga nisbatan qo‘zg‘algan jami da’volardan 86 taga ko‘p.

Prezidentlikning ilk 100 kuni davomida kichik Jorj Bush ma’muriyati bilan 7, Bill Klinton bilan 15, Barak Obama ma’muriyati bilan 26 marotaba sudlashilgan.

Tramp ma’muriyatiga da’volarning 80 foizi immigratsiya tartibining qat’iylashgani, qamoqxonalarda mahbuslarning saqlanish sharoitlari, fuqarolik huquq va erkinliklari cheklanishi bilan bog‘liq.

Da’volar soni bo‘yicha Tramp tug‘ilib-o‘sgan Nyu-York shtati (23 ta) yetakchilik qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют