» » Fransiyada modellarning ishlov berilgan fotosuratlariga bu haqda ogohlantiruvchi belgi qo‘yish majburiyati yuklandi

Fransiyada modellarning ishlov berilgan fotosuratlariga bu haqda ogohlantiruvchi belgi qo‘yish majburiyati yuklandi


Fransiya rasmiylari modellarning ishlov berilgan reklama fotosuratlariga bu haqda ogohlantiruvchi belgi qo‘yish majburiyatini yuklovchi qonunni qabul qildi. Shuningdek, modellar mamlakatda ishlashi uchun tibbiy ma’lumotnomalar ham taqdim etishi lozim. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ushbu chora ovqatlanish tartibining buzilishiga olib keladigan ayollar tanasining o‘zgartirilgan suratlari ommalashuviga qarshi kurash maqsadida ko‘rilmoda.

Joriy yil 1-oktabridan boshlab “Ishlov berilgan fotografiya” belgisi modellarning tashqi ko‘rinishi grafik muharrirlar yordamida o‘zgartirilgan istalgan tijorat fotolavhalariga qo‘yilishi lozim.

Bunday eslatmalar matbuot, internet, bilbord va kataloglardagi reklamada foydalaniladigan fotosuratlar uchun majburiy bo‘ladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-05-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют