» » Qo‘qondagi savdo kompleksida ayolning ikkita telefonini o‘g‘irlagan o‘smir ushlandi

Qo‘qondagi savdo kompleksida ayolning ikkita telefonini o‘g‘irlagan o‘smir ushlandi


Qo‘qon shahar IIB aprel oyida “Buyuk Ipak Yo‘li” savdo kompleksida bir ayolning ikki telefonini o‘g‘irlab ketgan o‘smirni ushladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati axborot berdi.

“Qo‘qon shahar IIBga 23-aprel kuni Buvayda tumani Qo‘rg‘onobod qishlog‘i Sevinch ko‘chasi 33-uyda yashovchi uy bekasi, 1992-y.t. Sohibova Zahro Anvarjon qizi ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 18:30 larda Qo‘qon shahar Navbahor ko‘chasida joylashgan “Buyuk Ipak Yo‘li” savdo kompleksida bozor qilib yurgan vaqtida noma’lum shaxslar qo‘lidagi sumkasi ichidagi narxi 330 dollar bo‘lgan Samsung A 5 rusumli va narxi 500000 so‘mlik Samsung Duos rusumli uyali telefonlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. IIB TB tomonidan 23-aprel kuni noma’lum shaxsga nisbatan O‘z.R. JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi xabarda.

27-aprel kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbir davomida, ushbu jinoyatni Muqumiy shaharchasida yashovchi yollanma ishchi, 1998-yili tug‘ilgan Yoqubov Nosir Nozim o‘g‘li sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.

Tergov olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют